
Ana xolos! Chempionlik ham Kumanni iste’fodan qutqara olmaydi
“Barselona” bosh murabiyi Ronald Kuman mavsum yakunlanishi bilan iste’foga chiqariladi.
Garchi yaqinda klub prezidenti Joan Laporta niderlandiyalik mutaxassis bilan suhbatlashganidan keyin uning shartnomasi yakunlanguncha ishlashini ta’kidlagan bo‘lsa-da, direktorlar kengashining bir necha a’zolari bunga qarshi chiqmoqda. Kataloniya klubi rahbariyatining katta qismi Kuman uzoq muddatga mo‘ljallangan loyiha talablariga javob bermaydi, deb hisoblaydi.
Shu bois, “Barselona” mavsum yakunida chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan taqdirda ham klub xo‘jayinlari uning o‘rniga boshqa mutaxassisni taklif qiladi.
Kumanning “Barselona” bilan shartnomasi 2022 yilgacha imzolangan.
Fikrlar