
Ana xolos! "Chelsi" futbolchisi bu mavsum boshqa o‘ynamaydi
"Chelsi" klubi hujumchi Armando Broya og‘ir jarohat olganini tasdiqladi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 21 yoshli albaniyalik futbolchining “Aston Villa”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (0:1) tizzasidan jarohat olgan jarohati jiddiy bo‘lib chiqqan. Endi futbolchi operatsiya qilinadi va mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Broya joriy mavsumda APLda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar