Ana xolos! Braziliya terma jamoasi himoyachisi Argentinaga qarshi o‘yinda ich ketishi sabab o‘yinni davom ettira olmaganini aytdi

  • 6 iyul, 2019, 17:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi himoyachisi Markinos Amerika kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Argentinaga (2:0) qarshi bahsda noqulay axvolga tushganini aytdi.

Tecno

“O‘yin kuni virusli infektsiyani yuqtirib oldim va ko‘p vaqtimni mehmonxonada o‘tkazdim. Judayam qiynaldim. Men diareya va qayt qilishdan aziyat chekardim. Ammo, shunga qaramay maydonga tushdim va bir necha daqiqa harakat qildim. Ammo, holatim yomonlashgach o‘yinni davom ettira olmadim”, - deydi Markinos.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya endi ertaga Peruga qarshi hal qiluvchi final uchrashuvida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Max1960
06/07/2019 17:12
Мессини куриб ичи утиб кетган.