
Ana xolos: “Barsa”da uchinchi yo‘qotish
“Barselona” yangi mavsum boshlanmasidan uch nafar futbolchisidan ayrildi. Pedri va Ronald Arauxo mos ravishda Ispaniya va Urugvay terma jamoalarining qit’a chempionatlaridagi o‘yinlari doirasida jarohat olib safdan chiqqan edi.
Endi ular qatoriga 21 yoshli markaziy himoyachi Pablo Torre qo‘shildi. Mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan iste’dodli futbolchi mashg‘ulotda chap qo‘lini sindirib olgan.
Tez kunlarda futbolchi klub shifokorlari nazorati ostida operatsiya qilinadi. Jarrohlik amaliyotidan keyin Torrening maydonga qachon qaytishi qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi.
Pablo Torre yakunlangan mavsumni ijara asosida “Jirona” safida o‘tkazgan edi. U barcha turnirlarda 29 marotaba maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.
Bu gal “Barsa”ning asosiy tarkibiga kirish uchun kurashayotgan markaziy himoyachining klub bilan shartnomasi yana ikki yil amal qiladi.
Fikrlar