Ana xolos! "Atletiko" yulduzi uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

  • 19 sentabr, 2021, 18:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" Madrid hujumchisi Joao Felish uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Tecno

Eurosport tarqatgan xabarga ko‘ra, portugaliyalik futbol yulduzi uchrashuv hakamini haqorat qilgani uchun 4 tadan 12 tagacha o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kecha La Liga doirasida "Atletik"ga qarshi o‘yinida (0:0) Felish bir daqiqada ikkita sariq kartochka oldi va maydondan chetlatildi. Birinchisi qo‘pollik uchun, ikkinchisi bosh hakam Xesus Gil Mansanoga aytilgan "Sen aqldan ozding" degan so‘zlar uchun.

Felish joriy mavsum “Atletiko” safida jami 3 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!