
Ana xolos! "Arsenal" jarohatlangan futbolchini 5 mln evroga ijaraga oldi
Londonning "Arsenal" klubi "Sautgempton" himoyachisi Sedrik Soareshni ijaraga oldi.
The Athletic nashrining xabar berishicha klubning aksariyat vakillari hali jarohatidan sog‘ayib ulgurmagan futbolchini ijaraga olinganiga tushunishmayapti.
Aytish kerakki, 28 yoshli Soaresh kamida yana 2 hafta davolanishi kerak. “Kanonirlar” esa uning ijarasi uchun allaqachon 5 mln evro to‘lab qo‘yishgan.
Ma’lumot uchun, Soaresh “Sautgempton” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 138 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar