
Ana xolos! Angliyalik jarroh Keynni Evro-2020 da ishtirok etolmasligini aytdi
Angliyalik jarroh Kris Uilson Angliya terma jamoasi forvardi Xarri Keynning Evro-2020 da ishtirok etish imkoniyatlari haqida o‘z fikrini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra Keyn Evropa chempionatini o‘tkazib yuboradi.
“Keyn yarim yil va xatto undan ko‘proq ham maydonga tusholmasligi mumkin. Uning tiklanish jarayoni haqida gapiradigan bo‘lsam, u mavsumoldi yig‘inlarigacha sog‘aymaydi. Ko‘pchilik uni aprel yoki mayda safga qaytishini aytmoqda, ammo, bu sodir bo‘lsa bundan hayron qolgan bo‘lardim”, - deydi Uilson.
Fikrlar