Ana xolos! "Al-Nassr" Masharipovning pozitsiyasiga "Real" futbolchisini olib kelmoqchi

  • 7 yanvar, 2023, 08:36
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yulduzi Eder Azar faoliyatini qit’amizda davom ettirishi mumkin.

Tecno

"OKDiario" nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, belgiyalik futbolchiga Saudiya Arabistonidan taklif bor. Yaqindagina Krishtianu Ronaldu transferini e’lon qilgan "Al-Nassr" endi Edeni olib kelmoqchi. Klub unga moliyaviy tomondan ancha yaxshi shartnoma taklif etgani qo‘shimcha qilinmoqda.

Biz uchun ahamiyatlisi, riyodliklar tarkibida Jaloliddin Masharipov aynan Azarning pozitsiyasida harakat qiladi. Kuchli raqobat va chempionatdagi legionerlar limiti sababli vakilimiz boshqa ligaga yo‘l olishi mumkin.

Ayni paytda "Nassr" bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Rudi Garsiya Edenni anchadan kuzatib keladi. Ular 2008-2012 yillar oralig‘ida "Lill"da birga ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!