Ana xolos: 400 million evroni olib, Yamalni ber!

  • 12 aprel, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Saudiya Arabistoni klublari jahon futbolining eng mashhur yulduzlarini o‘z ligalariga jalb etishni davom ettiradi. Shayxlar ilgari asosan yoshi katta o‘yinchilarni chorlagan bo‘lsa, endi katta futbolda porlay boshlagan yosh iste’dod egalarini ham nishonga olmoqda.

Ispaniyadagi nufuzli manba – fichajes.net saytinin yozishicha, saudiyaliklar “Barselona”ning ishongan yulduzi Lamin Yamalni olish rejasini tuzib qo‘ygan.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni klublari Yamal uchun kataloniyaliklarga 400 million evrolik taklif tayyorlayapti. Bu summa bugungi kun nuqtai nazaridan ham juda katta hisoblanadi.

Moliyaviy ahvolining tangligi tufayli tarkibni shakllantirish va transferlarni amalga oshirishda turli to‘siqlarga duch kelayotgan “Barselona” 400 million evro evaziga bir qancha ishlarini bitirib olishi mumkin.

Lamin Yamalning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. Klub o‘yinchi 18 yoshga to‘lishi bilan unga yangi bitim bermoqchi.

Biroq “Barselona”ning moliyaviy ahvoli Yamal va darvozabon Voytsex Shchesniga shartnoma taklif qilish imkonini bermayapti. Buning uchun kataloniyaliklar tarkibdagi qimmatbaho o‘yinchilardan birortasini sotib yuborishi talab etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!