Ana holos! "Real" Neymar va Mbappeni qo‘lga kiritish uchun Vinisiusdan voz kechmoqchi bo‘lgan

  • 22 aprel, 17:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashxur braziliyalik agent Andre Karri o‘z vaqtida Madridning "Real" klubi PSJ hujumchilari Neymar va Kilian Mbappeni qo‘lga kiritishga uringanini aytib o‘tdi. Ushbu bitim doirasida "qaymoqranglilar" qanot hujumchisi Vinius Juniorni almashtirish varianti sifatida taklif qilishgan. 

Tecno

"Ha, "Real" Mbappe va Neymarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan, va o‘sha vaqtda Vinisiusni bitimga qo‘shmoqchi bo‘lishgan. O‘shanda u hali asosiy tarkib futbolchisi emasdi, lekin unda ulkan salohiyat bor edi. Men bu voqeani yaxshi bilaman, chunki Leonardo (PSJning sobiq sport direktori) menga Juniorni yoqishini aytgandi", — deydi Karri "RMC Sport" bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2023-yilda PSJni tark etib, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga o‘tgan. Mbappe esa 2024-yilning yozida "Real" futbolchisiga aylangan. Vinisius esa 2018-yildan beri "qaymoqranglilar" safida to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!