
Ana bo‘lmasa! Frantsiyalik muxlislar Argentinaga qarshi finalni qayta o‘tkazishni talab qilmoqda
Jahon chempionati finalida Frantsiya milliy terma jamoasi penaltilar seriyasida Argentinaga imkoniyatni boy berdi, 2:4.
Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu mag‘lubiyatdan frantsiyalik muxlislar norozi hamda finalni qayta o‘tkazishni talab qilishmoqda. Ular "albiseleste"ga qarshi o‘yinni talab qilib, petitsiya yaratishdi. Sabab sifatida hakamning xatolari ko‘rsatilyapti. Hozircha, petitsiyaga 200 mingdan ziyod inson imzo chekkan.
Hal qiluvchi bellashuvni boshqarib borgan Shimon Marchinyak bir nechta e’tirozga sabab bo‘lgan qaror chiqardi. Ulardan biri Lionel Messining 2-goli deyilmoqda.
Fikrlar