
"An-Nasr"ning yangi murabbiyi Ronaldu haqida gapirdi
Portugaliyalik mutaxassis Luish Kastro "An-Nasr"ning yangi bosh murabbiyi bo‘ldi. Jurnalistlar bilan suhbatda u klubda yil boshidan to‘p surayotgan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
“Dunyoning eng yaxshilariga murabbiylik qilish har doim yoqimli. Ronaldu futbol tarixida yorqin iz qoldirgan inson. U bilan, qolaversa, jamoa bilan ishlash juda yoqimli bo‘ladi”, — dedi Kastro OAVga.
Ronaldu “An-Nasr” safida jami 19 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urgan.
Riyodliklar Rudi Garsiya boshchiligidagi Saudiya Arabistonining o‘tgan mavsumini ikkinchi pog‘onada yakunladi.
Fikrlar