
“An-Nasr” “Liverpul” yulduzini nishonga oldi
Ba’zi arab nashrlari xabar berishicha, Riyodning “An-Nasr” klubi “Liverpul” darvozoboni Alison Bekerga qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, arablar “Yuventus” darvozaboni Voytsex Щensnyyni xarid qilishi haqida xabar bergan edik. Biroq, “An-Nasr”ga yaqinda sport direktori bo‘lib kelgan “Real” afsonasi Yerro bosh murabbiy Luish Kastro bilan suhbatlashgandan so‘ng Alisonni jamoaga olib kelish niyyati paydo bo‘lgan.
Fabritsio Romano esa, “Yuventus” va”An-Nasr” o‘zaro kelisha olmayotganini uchun transfer bekor bo‘lishi mumkin deb xabar tarqatdi.
Fikrlar