"An-Nasr" frantsiyalik himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin

  • 30 avgust, 2024, 06:01
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" bir nechta himoyachilar bilan muzokaralar olib borganidan keyin bir to‘xtamga keldi va "Leyptsig"dan Muhammad Simakanni sotib olmoqda. 

Tecno

Fabritsio Ramona xabar berishicha, frantsiyalik futbolchining transferi riyodliklarga 40 million evrodan ko‘proqqa tuadi. Ayni paytda jamoa Simakanning agenti bilan muzokaralar olib bormoqda va kelishuvga yaqin. "Leyptsig" esa allaqachon uning o‘rniga boshqa himoyachi izlashga tushgan va variantlar orasida "Benfika" a’zosi Antoniu Silva bor. 

Muhammadni ushbu yozda "Nyukasl" va "Liverpul" ham o‘z tarkibiga qo‘shib olish haqida o‘ylashdi, lekin hech qaysi biri aniq taklif bilan chiqqani yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi 2021 yili "Strasburg"dan Germaniyaga kelgan. O‘shanda klub uni 15 million evroga sotib olgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!