"An-Nasr" "Chelsi" futbolchisini jamoaga jalb qilmoqchi!

  • 17 aprel, 17:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Moizes Kaysedoni yozgi transfer oynasida xarid qilishni ko‘zlamoqda. Bu haqida "Telegraph" nashri ma’lum qilmoqda. 
 
Ekvadorlik futbolchi London klubiga 2023 yilda "Brayton"dan 100 million funt evaziga o‘tgan edi va hozirda jamoaning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. 
 
Kaysedo ushbu mavsumda "Chelsi"ning barcha Premer-liga uchrashuvlarida asosiy tarkibda maydonga tushgan. U klub bilan sakkiz yillik shartnoma imzolagan bo‘lib, undan yana olti yil muddat qolgan. 
 
"An-Nasr" so‘nggi yillarda Krishtianu Ronaldu, Lyaport va Jon Duran kabi mashhur futbolchilarni safga qo‘shib oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, klub mutasaddilari yozda markaziy yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirayotgan bo‘lib, Kaysedo nomzodi transfer ro‘yxatining yuqori qismida turibdi. 
 
"Aristokratlar" futbolchini qo‘yib yuborishga tayyormi yoki yo‘q — bu borada hozircha aniqlik yo‘q. Klub o‘z oldiga evrokuboklarga yo‘llanma olish vazifasini qo‘ygan va Moyzes bunda jamoa o‘yinida muhim rol o‘ynamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!