
"An-Nasr" bosh murabbiyi bilan xayrlashdi
Stefano Pioli "An-Nasr"dan iste’foga chiqarildi. Saudiya klubi italiyalik bosh murabbiy va uning jamoasi bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi.
Mutaxassis Ar-Riyod jamoasini 2024 yilning sentyabr oyida boshqarishni boshlagan edi. O‘tgan mavsumda "An-Nasr" birorta ham sovringa erisha olmadi. Saudiya Arabistoni chempionatida jamoa 70 ochko to‘plab, jadvalda 3-o‘rinni egalladi.
Hozirda, Pioliga "Fiorentina" klubi qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Fikrlar