
Amrabatning akasi “Xelayfi meni eshitayotgan bo‘lsang, ukamni olib ket”
Marokash futbolchisi Sofyan Amrabat mundialdagi o‘yinlari orqali bir qator top klublar e’tiboriga tushdi. Yarim himoyachini “Tottenxem” va “Liverpul” jamoalari o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istaydi.
Amrabatning akasi Nordi Amrabat ukasining qaysi jamoaga o‘tishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Sofyan PSJga o‘tishni istaydi. Ammo Parij klubi ushbu transferni amalga oshirishi haqida xabarlar mavjud emas.
“Nosir Al-Xelayfi, agar meni gaplarimni eshitayotgan bo‘lsang, ukamni olib ket”, - dedi yarim himoyachining akasi.
Amrabat Marokash bilan jahon chempionati yarim finaligacha etib keldi. Ularni oldinda Frantsiyaga qarshi ajoyib bahs kutmoqda.
Fikrlar