Amorim superto‘rurarni kutyapti

  • 10 fevral, 06:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim tarkibni yangilash ishlarini davom ettirmoqda. Portugaliyalik mutaxassis o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan birin-ketin voz kecha boshladi.

O‘z navbatida, Amorim jamoaga yordam bera oladigan yangi ijrochilar tanlashni ham unutgani yo‘q. Bu mutaxassis Angliya futboli tarixidagi eng sermahsul hujumchilardan hisoblangan Harri Keynning “Manchester Yunayted”ga kelishini kutyapti.

Bu haqda taniqli insayder Grem Beyli ham ma’lumot tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” xo‘jayinlaridan ser Jim Retkliff 31 yoshli to‘purarni “Bavariya”dan olib kelish uchun qo‘lidan kelganini qilishga tayyorligini bildirdi.

2023 yilning yozida “Tottenxem”dan “Bavariya”ga 100 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan Harri Keyn hozir transfermarkt portali tomonidan 90 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!