
Amorim o‘yinchi tanlashni bilmas ekan. Reshford birdan kuchaydi...
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaga kelganidan keyin klub tarbiyalanuvchisi Markus Reshfordning o‘yinidan qoniqmay, uni ketkazishgacha bordi.
27 yoshli hujumchi ijara asosida “Aston Villa”ga o‘tganidan keyin raqiblar uchun eng xavfli hujumchiga aylandi.
Opta statistika markazining ma’lum qilishicha, Reshford Birmingem klubiga o‘tganidan keyin uchta uchrashuvda ishtirok etib, Angliya chempionatida eng ko‘p – to‘rtta xavfli vaziyat yaratdi.
Bundan tashqari, Markus ikkita assist qayd etdi va 15 marta driblingni amalga oshirdi.
Angliya Premer-ligasi tahlilchilari tajribali hujumchi o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar boshlanganini e’tirof etmoqda.
Ruben Amorim qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” haqida bunday, deb bo‘lmaydi. Bu jamoa APLning 26-turida “Everton” bilan to‘qnash kelib, mag‘lubiyatdan zo‘rg‘a qutilib qoldi.
Fikrlar