Amorim: "Menda Arteta kabi etarli vaqt bo‘lmadi"

  • 9 mart, 14:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining 28-turi doirasida Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" "Arsenal" bilan bahs olib boradi. Mazkur to‘qnashuvdan avval portugaliyalik mutaxassis matbuot anjumanida ishtirok etib, hozirgi klublarni holati va Arteta haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. 
 
"Menda Mikel Artetada bo‘lgani kabi ko‘p vaqt bo‘lmadi. Men bu borada klubimiz boshqacha ekanligini his qilaman. Artetaning bu muammolarni qanday hal qilgani barchani ilhomlantiradi. Lekin menda uning vaqtidek imkoniyat bo‘lmaydi. 
 
Biz yakshanba kuni omon qolishimiz kerak. "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinning so‘nggi 20 daqiqasida jamoamiz juda charchadi. Bugun mashg‘ulotda qatnashgan har bir futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin"
- dedi manchesterliklar bosh murabbiyi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, ikki klub o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan 21:30 da start olishi rejalashtirilgan. Ushbu bellashuvdan avval "qizil iblislar" "to‘pchilar"dan 21 ochko ortda qolishmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!