Amorim: "Manchester Yunayted" bu mavsumdagi eng yomon jamoa bo‘lishi mumkin"

  • 7 may, 18:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning 2024/25 yilgi mavsumini qattiq tanqid qildi. Ertaga angliyaliklar Evropa Ligasi yarim finalida "Atletik"ni qabul qiladi (ilk uchrashuvda 3:0 hisobida g‘alaba).

Tecno

"Hozirgi holatda, agar Premer-ligaga nazar tashlasak, men tayinlangan paytdan beri eng yomon natijalarga erishgan jamoa bo‘ldik. Mavsum oxirida, agar Evropa kubogini yutsak ham, Premer-liga tarixidagi eng yomon jamoa sifatida qolishimiz mumkin.

Hech narsa o‘zgarmaydi. Biz bu mavsum noumidlik bilan o‘tganini yaxshi bilamiz. Hozir ham shunday o‘ylayman — bu so‘nggi 50 yil ichidagi eng yomon mavsum" — deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.

Ayni vaqtda MYu Premer-liga jadvalining quyi yarmiga yaqin joylashgan va chempionatdagi so‘nggi 5 o‘yindan 3 tasida mag‘lub bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!