
Amorim klub rahbarlaridan 4 futbolchini sotishni so‘radi
"The Sun" nashrining xabar berishicha, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim yangi mavsum uchun rejalarni shakllantirmoqda va jamoa hujum chizig‘idagi to‘rt futbolchiga ishonmayotgan ko‘rinadi.
Murabbiyning short-listidagi futbolchilar:
Markus Reshford
Jeydon Sancho
Antoni
Alexandro Garnacho
Ulardan uch nafari – Reshford, Sancho va Antoni – yozda ijaradan qaytgan. Agar ulardan kimdir mavsumoldi AQShga bo‘ladigan tur boshlangunigacha sotilmas ekan, u futbolchi jamoa bilan safarga bormaydi va "Manchester Yunayted"ning klub bazasida alohida mashg‘ulot olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumni "qizil iblislar" APL jadvalida 15-o‘rinda yakunlagan edi – bu klub tarixidagi eng yomon natijalardan biri hisoblanadi.
Fikrlar