Amorim Kazemironi hammaga namuna qilib ko‘rsatmoqda

  • 3 may, 13:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa yarim himoyachisi Kazemironi ishtiyoq va kasbiy yondashuvi uchun alohida ta’rifladi.

Tecno

Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchining mehnatsevarligi, tanqidlarga qaramasdan taslim bo‘lmasligi va kam o‘yin amaliyotiga qaramay tinimsiz harakatda bo‘lishiga yuqori baho bermoqda. Amorim uni faqat yoshlarga emas, balki barcha futbolchilarga namuna sifatida ko‘rsatyapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amorim shaxsan Kazemiroga professional munosabati uchun minnatdorlik bildirgan. Ular o‘rtasida juda yaxshi ishchi munosabatlar shakllangan.

Shu bilan birga, klub futbolchi bilan 2026 yil yozigacha tuzilgan shartnomani uzaytirishni muhokama qilmayapti va Saudiya Arabistoni jamoalaridan yaxshi taklif tushsa, uni sotish imkonini ko‘rib chiqadi.

Joriy mavsumda Kazemiro APLda 22 o‘yin o‘tkazib, 1 gol urgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!