Amorim ikki yulduz “Manchester Yunayted”dan ketishini uqtirdi

  • 1 fevral, 13:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Bosh murabbiy Ruben Amorim jamoaning ikki yulduzining xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini bildirdi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis tarkibni qayta tuzayotganini ma’lum qilib, rejalariga Markus Reshford va Kazemiro kiritilmaganini ochiq aytdi. Klub imkon qadar bu ikki o‘yinchidan qishki transferlar oynasi vaqtida qutilishi talab etiladi.

Reshford atrofidagi vaziyat klubning ayni paytdagi eng katta muammosi hisoblanadi. Ruben Amorimga klub tarbiyalanuvchisining ishga bo‘lgan munosabati yoqmagan va qariyb ikki oydan beri uni o‘ynatmayapti.

Kazemiro esa jamoaga “Real”ning porloq yulduzi sifatida olib kelingan. Lekin braziliyalik yarim himoyachi Angliya futboliga moslasha olmadi. Manchesterliklarning avvalgi murabbiyi Erik ten Xag ham Kazemiroga suyanishni istamagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!