Amorim: "Garnacho va Sancho sotilmasa, klubga qayta kelib qo‘shilishadi"

  • 26 iyul, 02:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorimning ma’lum qilishicha, Alexandro Garnacho va Jeydon Sanchoning transferi amalga oshmasa, ular jamoaga qaytib keladi.

Tecno

Avvalroq Garnacho, Sancho, Antoni va Malasiya klubning AQShga bo‘lgan yozgi safaridan tashqarida qoldirilgani ma’lum bo‘lgandi. Har to‘rt futbolchining klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

"Har bir futbolchining alohida sabablari bor. Ayrimlar jamoada o‘z o‘rnini topishi uchun yangi jamoa izlashi kerak. Boshqalar esa aniq qilib yangi chaqiriqlarga tayyor ekanini ko‘rsatmoqda. Shu sababli, biz ularga qaror qabul qilish uchun vaqt beryapmiz.

Agar ular jamoaga qaytishi kerak bo‘lsa, qaytib kelishadi — chunki ular hali ham bizning futbolchilarimiz. Men bilishimcha, Omar Berrarda va Jeyson Uilkoks bu futbolchilarning qiymati bo‘yicha aniq pozitsiyaga ega. Agar bu baholarga mos takliflar bo‘lmasa, ular qoladi. Bunisida hech qanday shubha yo‘q" - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Amorim shuningdek, ba’zi klublar oxirgi paytgacha kutishi mumkinligini ta’kidladi, ammo kutilmagan holatlar ham yuz berishi mumkinligini qo‘shimcha qildi:

"Men futbolchilarni qabul qilishga tayyorman" — deya ta’rif berib o‘tdi "qizil iblislar" bosh murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!