
Amorim Fergyusonning rekordini takrorladi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Ser Aleks Fergyusonning va Mett Basbining rekordini takrorlab, tarixda uchinchi bo‘ldi.
Xabaringiz bor, kecha Amorim boshchiligidagi "qizil iblislar" Evropa ligasi doirasida so‘nggi daqiqalarda gol kiritib, "Reynjers"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng portugaliyalik murabbiy evrokuboklarning dastlabki 3 ta bahsida muvaffaqiyatga erishgan MYu tarixidagi uchinchi mutaxassis bo‘ldi.
Bundan avval 1956 yilda Mett Basbi va 1990 yilda Ser Aleks Fergyuson bu natijani qayd etib, tarixga kirishgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Ruben dastlabki to‘qnashuvda "Budyo-Glimt"ni 3:2 hisobida enggan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda "Viktoriya Plzen"ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar