Amorim: " Hali u Shmeyxel emas"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaga yangi kelib qo‘shilgan 23 yoshlik darvozabon Senne Lammensning debyut haqida gapirdi.
"Sanderlend"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng ko‘plab ekspertlar Lammensning darajasini yuqori baholashdi, ammo Amorim baho berishga shoshmaslik keragligini aytdi.
"Bu klubdagi birinchida tassurot haqiqatdan muhim. Darajani ushlab turish yanada ahamiyatli va bu haqiqatdan ham qiyin. Demak, hali u Shmeyxel emas. U iste’dodli yosh yigit. O‘tgan uchrashuvda Senne maydonda ajoyib harakat qildi va bu muxlislarga yoqdi. Ammo bu o‘yin o‘tmishda qoldi, u keyingi o‘yinda o‘zini ko‘rsatishi kerak", - dedi portugaliyalik mutaxssis.
Eslatib o‘tamiz, APLning 8 turida "qizil iblislar" "Liverpul" maydoniga safar qiladi. Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 19 oktyabar kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 start oladi.



Fikrlar