
Amerikaning eng zo‘r futbolchisi Evropaga qaytadigan bo‘ldi
Yaqinda AQShda o‘tgan Kopa Amerika turnirining eng yaxshi futbolchisi nomini olgan mashhur o‘yinchi Xames Rodriges Evropaga qaytishni rejalashtirmoqda.
O‘z davrida “Real” va “Bavariya” kabi superklublarda o‘ynagan kolumbiyalik charm to‘p ustasi Braziliyaning “San-Paulu” jamoasi bilan amaldagi shartnomasini bekor qildi.
Xames Rodriges Evropadan ish topish uchun erkin agent maqomiga ega bo‘lmoqchi.
33 yoshli futbolchi o‘tgan yili yozda jamoasiz qolgani uchun “San-Paulu” safiga borib qo‘shilgan edi. Xamesning braziliyaliklar bilan yana bir yillik shartnomasi bor.
Amerika kubogida yuqori darajada o‘ynab, Kolumbiya terma jamoasini finalga olib chiqqan hujumkor futbolchi Evropadan jamoa topishga umid qilmoqda.
Xames Rodriges o‘z yurtidan tashqari, Argentina, Portugaliya, Frantsiya, Ispaniya, Germaniya, Angliya, Qatar, Gretsiya va Braziliya chempionatlarda to‘p tepgan.
Fikrlar