
Amerika kubogi. Urugvay kutilmaganda Peruga yutqazib qo‘ydi
Xabaringiz bor ayni kunlarda Braziliya yashil maydonlari Amerika kubogi bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha musobaqaning chorak finalidan o‘rin olgan Urugvay hamda Peru terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 0:0 hisobida yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa omad peruliklarga kulib boqdi.
Urugvay - Peru - 0:0 . Penalti - 4:5
Penaltilar seriyasi: Suares - 0:0 (qaytardi). Gerrero - 0:1. Kavani - 1:1. Ruidias - 1:2. Stuani - 2:2. Yotun - 2:3. Bentankur - 3:3. Advinkula - 3:4. Torreyra - 4:4. Flores - 4:5.
Urugvay: Muslera, Godin, Kaseres, Ximenes, D.Gonsales, De Arraskaeta, Nandes (Torreyra, 57), Valverde (Stuani, 90+7), Bentankur, Suares, Kavani.
Peru: Galese, Sambrano, Advinkula, Trauko, Abram, Kueva (Ruidias, 85), Yotun, Flores, Tapiya, Gerrero, Karrilo (K.Gonsales, 75).
Eslatib o‘tamiz, endi Peru yarim finalda amaldagi chempion - Chili terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar