Amerika kubogi-2024ga qur’a tashlandi

  • 8 dekabr, 2023, 09:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mayamida 2024 yilgi Amerika kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Turnir 20 iyundan 14 iyulga qadar AQShda 16 ta jamoa ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

"A" guruhi: Argentina, Peru, Chili, Kanada/Trinidad va Tobago.

"V" guruhi: Meksika, Ekvador, Venesuela, Yamayka.

"C" guruhi: AQSh, Urugvay, Panama, Boliviya.

"D" guruhi: Braziliya, Kolumbiya, Paragvay, Kosta-Rika/Gonduras.

KONKAKAF Copa Amerikaning ikki ishtirokchisi o‘yin bosqichi natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Turnirda 23 mart kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan Kanada – Trinidad va Tobago hamda Kosta-Rika – Gonduras o‘yinlari g‘oliblari ishtirok etadi.

Turnirning amaldagi g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!