
Amerika kubogi-2019 ning ramziy terma jamoasi e’lon qilindi (FOTO)
KONMEBOL rasmiy sayti yaqindagina yakunlangan Amerika kubogi-2019 da o‘zini ko‘rsatgan eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatda eng ko‘p futbolchi musobaqa g‘olibi bo‘lgan Braziliya terma jamoasidan olindi – 5ta. Finalchi Peru termasidan esa 2 nafar futbolchi ramziy terma jamoan joy oldi. Urugvay, Chili, Kolumbiya va Argentina terma jamoalaridan esa 1 nafardan futbolchi kiritildi.
Darvozabon: Alisson (Braziliya);
Himoyachilar: Dani Alves, Tiago Silva (oba - Braziliya), Xose Ximenes (Urugvay), Migel Trauko (Peru);
Yarim himoyachilar: Leandro Paredes (Argentina), Arturo Vidal (Chili), Artur (Braziliya);
Hujumchilar: Xames Rodriges (Kolumbiya), Paolo Gerrero (Peru), Everton (Braziliya).
Fikrlar