
Alvido! Ronalduning boshiga qayg‘u tushdi
Lissabonning “Sporting” klubida selektsiya departamenti rahbari bo‘lib ishlagan Aureliu da Silva Pereyra 77 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bu mutaxassis Krishtianu Ronaduni ilk professional klubi “Sporting”ga olib kelgan va katta futbolga yo‘l ochib bergan edi.
“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi bu noxush voqeaga munosabat bildirdi.
- Jahon futbolidagi tayyorgarlik jarayonining buyuk timsollaridan biri bizni tark etdi. Lekin uning merosi abadiydir. Menga va ko‘plab futbolchilarga katta futbolga yo‘l ochib bergan bu insondan bir umr minnatdorman.
Alvida janob Aureliu, hammasi uchun katta rahmat, - deb yozdi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga Krishtianu Ronaldu.
Krishtianu Ronaldu 1997-2003 yillar davomida “Sporting” tizimida tarbiyalangan va keyinchalik “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tib, jahon futbolida nom qozongan.
Fikrlar