
Alves tarixiy rekordini yangiladi
“San-Paulu” klubi o‘ng qanot himoyachisi Dani Alves Braziliya terma jamoasida Olimpiada chempioniga aylandi.
E’tiborlisi, bu 38 yoshli futbolchi uchun 43-professional sovrin bo‘ldi. Alves shu tariqa bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan rekordni yangiladi.
Dani Alves ushbu sovrinlarning yarmidan ko‘pini "Barselona" safida qo‘lga kiritgan. U kataloniyaliklar safida 8 mavsumda 23 kubok yutdi.
Braziliya terma jamoasi Olimpiada finalida Ispaniyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar