
Alves: Messi asosiy taom, biz esa uni to‘ldiruvchi qo‘shimchamiz
"Barselona" sobiq himoyachisi Dani Alves kataloniyaliklar sardori Lionel Messi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Leo tabiatan g‘olib, u yutqazishni yoqtirmaydi. Jamoa yutqazganda uning jahli chiqishi normal holat. Hamma kabi u ham doimo g‘alaba qozonishni istaydi.
U "Barselona"da ko‘p yillardan buyon to‘p surib kelmoqda, tajribali futbolchi sifatida jamoa qanday o‘ynashi kerakligini juda yaxshi biladi. Hozir u atrofdagilardan etarlicha qo‘llab-quvvatlovni his qilmayapti.
Men har doim Messi asosiy taom, biz esa uni to‘ldirish uchun qo‘shimcha ekanligimizni aytganman. U maydonda borini berib o‘ynaydi, ammo biz u ham oddiy inson ekanligini tushunishimiz kerak", - deydi Alves.
Fikrlar