Alvaro Morata sobiq klubiga qaytishi mumkin

  • 23 avgust, 2022, 14:48
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata “Chelsi”ga qaytishi mumkin.

Ispaniyaning “Diario Sport” nashri xabariga ko‘ra, agar londonliklar "Barselona" hujumchisi Per-Emerik Obameyangni qo‘lga kirita olmasa, Moratani sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

2017 yilda "Chelsi" Moratani "Real"dan 66 million evro evaziga sotib oldi. Ispaniyalik forvard londonliklar rahbariyati va muxlislarining ishonchini oqlay olmadi va 72 uchrashuvda 24 ta gol kiritdi. 3 yildan so‘ng hujumchi 35 million evro evaziga "Atletiko"ga sotildi.

Morataning "matraschilar" bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!