
A’loxon Abdullaev jahon chempionatida ilk bor bronza medalini qo‘lga kiritdi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
-75 kg vazn toifasida A’loxon Abdullaev braziliyalik Vanderley Pereyraga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuvda braziliyalik bokschi 4:1 hisobida g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi. A’loxon esa bronza medaligini qo‘lga kiritdi va 50 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi. Bu bokschimizning faoliyatidagi ilk bronza medali hisoblanadi.
A’loxon Abdullaev
Vazn toifasi: -75 kg
Tug‘ilgan sana: 26.07.2003
Tug‘ilgan joyi: Namangan viloyati
Natijalari:
Yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bronza medali sohibi
Kattalar o‘rtasida bir qator xalqaro turnir g‘olib va sovrindori
V.A.Zolotaryov xalqaro turniri g‘olibi
Kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni
Erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati bronza medali (2023) sohibi.
Fikrlar