Alonso xafa bo‘lmaydimi? Vinisius boshqa murabbiyni maqtadi
“Real” klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior o‘zining faoliyati davomida duch kelgan eng zo‘r murabbiy Karlo Anchelotti ekanini aytdi.
Italiyalik murabbiy 2021-2025 yillar davomida “Real”da Vinisiusga ustozlik qilgan. Keyin o‘rnini Xabi Alonsoga topshirib, o‘zi Braziliya milliy terma jamoasini boshqarishga kirishdi.
- Men uchun Karlo Anchelotti har doim eng zo‘r murabbiy bo‘lib qolaveradi. U men eng ko‘p ishonch bildiradigan inson, men uning qo‘l ostida eng zo‘r o‘yinlarimni namoyish qilganman.
Anchelotti Braziliya terma jamoasini qabul qilib oldi va men uning boshqaruvidagi uchta uchrashuvda ishtirok etdim. Men ustozim va jamoa bilan erishgan o‘sish yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Jahon chempionatini zo‘r o‘tkazish uchun shunday ishlashda davom etamiz, - dedi Vinisius Junior Marca nashriga bergan intervyusida.



Fikrlar