Alonso Vinisius va Rodrigoning harakatlarini baholadi

  • 31 avgust, 09:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liganing 3-turida "Malorka"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda Vinisius Junior va Rodrigoning o‘yin ko‘rsatkichlarini baholadi. Vinisius asosiy tarkibda maydonga tushdi va 38-daqiqada g‘alaba keltirgan golni urdi. Rodrigo esa 72-daqiqada vatandoshining o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.

- Vini muhim rol o‘ynadi va bugun u "Osasuna"ga qarshi o‘yindagiga qaraganda o‘zini yaxshiroq namoyon etdi. Juda muhim gol urdi, undan mamnunman. Rodrigo ham maydonga tushgach, juda yaxshi harakat qildi. Bizga har bir o‘yinchi istalgan paytda o‘z hissasini qo‘shishga tayyor bo‘lishi kerak, - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, "Real" Ispaniya chempionatining 3 turidan so‘ng 9 ochko to‘plab, turnir jadvalida etakchilik qilmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!