
Alonso "Real" yarim himoyachisi jamoadan ketmasligini aytdi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoa yarim himoyachisi Dani Sebalosning kelajagi haqida ma’lumot berdi.
"Men u bilan o‘tgan hafta gaplashdim. Oxir-oqibat u shu erda qoladi. Tafsilotlarni sizga uning o‘zi aytib beradi, men emas", - dedi Alonso jurnalistlarga.
Avvalroq, 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga Frantsiyaning "Marsel" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Sebalos bu mavsum Ispaniya chempionatida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va gol yoki assist qayd etmadi.
Yarim himoyachining "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor narxi o‘n million evroni tashkil etadi.
Fikrlar