Alonso “Real” avval qadrlamagan yulduzni ortga qaytaradi

  • 17 noyabr, 08:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso “Arsenal”  sardori va etakchisi Martin Edegorni o‘zi ishlashni istayotgan transfer nishonlari ro‘yxatiga kiritdi.

Tecno

- “Real” kutilmagan  yo‘l tutib, Martin Edegorni yana o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi, - deb yozdi taniqli insayder Ekrem Konur o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida.

Qizig‘i shundaki, “Real” norvegiyalik iqtidor egasini 2015 yili “Stryomsgodset” jamoasidan 2,8 million evroga xarid qilib, “Kastilya”ga joylagan edi. Biroq yarim himoyachi bir necha urinishda ham “Real”ning birinchi jamoasi tarkibidan joy ola bilmadi.

Avvaliga “Xerenven”, “Vitess”, “Real Sosedad” jamoalarida ijara asosida o‘ynagan futbolchini 2021 yilning boshida madridliklar “Arsenal”ga jo‘natdi. London klubidagi muvaffaqiyatli bosqichdan keyin ham Edegor “Qirollik klubi”dan kutilgan taklifni olmadi va yozda to‘liq “Arsenal”ga ko‘chib o‘tdi.

26 yoshli futbolchi ayni paytda “kanonirlar”ning asosiy o‘yinchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etishi belgilangan. Transfermarkt portali Edegorni 85 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!