Alonso: "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozona olamiz"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasida "Manchester Siti" ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi .
"Jamoani Chempionlar ligasi juda muhim o‘yin kutib turibdi. Biz hozir qanday natija qayd etayotganimizdan qat’iy nazar, 3 ochko olishga qaror qildik. Biz ertaga “Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozona olamiz", - dedi Alonso.
Ma’lumot uchun, bahs 10 dekabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda, qirollik klubi 12 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi, “shaharliklar” esa 10 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar