Alonso: Bu o‘yinchi kelsa, “Real”dan sen ketasan!

  • 15 sentabr, 07:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni qabul qilib olgan Xabi Alonso sekin-asta tarkibni o‘ziga moslashtirish ishlarini davom ettirmoqda. Ispaniyalik mutaxassis jamoaga o‘ziga ma’qul o‘yinchilarni olib kelishga e’tibor qaratyapti.

Tecno

Xabi Alonso o‘z rejasini amalga oshirish yo‘lida “Real”ning ayrim yulduzlaridan voz kechishga tayyor. Xususan, o‘tgan mavsumda jamoa tarkibida porlagan Raul Asensioning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

Himoya markazida bir necha variantlarga ega bo‘lgan Xabi Alonso yosh o‘yinchiga avvalgidan kam e’tibor qaratyapti. Tahlilchilarning ma’lum qilishicha, murabbiylar shtabi kelasi yoz himoya markaziga Ibrohim Konateni olib kelmoqchi. “Liverpul”ning hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha taklifini qabul qilmagan frantsiyalik yulduz Madridga ko‘chib o‘tishni mo‘ljallayapti.

Agar 26 yoshli Konate “Real”ga o‘tsa, Raul Asensioning shundoq ham kamayib borayotgan o‘yin vaqti yana sezilarli darajada qisqaradi. Chunki Xabi Alonso Konatening tajribasini Asensioning iqtidoridan ustun qo‘yadi.

Raulning o‘zi o‘sish davrida zaxirada o‘tirib qolish faoliyatiga salbiy ta’sir qilishini yaxshi anglaydi. Shu bois o‘ziga yangi variantlar qidirishga majbur bo‘lishi mumkin. “Real” esa, ijaraga ham, uni to‘liq sotib yuborishga ham tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!