Alonso armonini unuttiradigan o‘yinchi topdi
“Real”ni yozda qabul qilib olgan Xabi Alonso yangi jamoasida ispan futbolining noyob iste’dodi Martin Subimendini ko‘rmoqchi bo‘lgandi. Biroq madridliklar bu transferni amalga oshirishga kech qo‘ldi.
Londonning “Arsenal” klubi Subimendini tarbiyalagan “Real Sosedad”ga 70 million evro to‘lab, 26 yoshli futbolchini Angliya Premer-ligasiga olib ketdi.
Xabi Alonso Ispaniya chempionati o‘yinlarini kuzatib, Subimendi darajasiga chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa ijrochini topdi. “Elche” safida o‘ynayotgan Rodrigo Mendosa Alonsoning asosiy nishoniga aylandi.
20 yoshli yarim himoyachi yoshiga nisbata ancha etuk o‘yin namoyish qilmoqda, Madrid superklubi murabbiylar shtabi uning o‘yin uslubi “Real”ga to‘liq mos tushadi, degan xulosaga keldi.
Xabi Alonsoga Mendosaning to‘pni nazorat qilishi, jamoa o‘yinini himoyadan boshqarish qobiliyati va taktik savodi yuqoriligi ma’qul kkelgani aytilmoqda.
Rodrigo Mendosaning narxi hali mavsum boshidan beri to‘qqiz baravar oshdi. Xabi Alonso “Qirollik klubi” sport bo‘limidan bu o‘yinchini tezroq olib berishni so‘rayapti.



Fikrlar