Alonso, ikki hujumchi “Real”dan ketayotgani rostmi?

  • 19 oktabr, 16:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning asosiy tarkibiga kira olmayotgan va o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan yosh hujumchilar – Endrik va Gonsalo Garsiyaning “Qirollik klubi”dagi kelajagi haqidagi savolga javob berishiga to‘g‘ri keldi.

Tecno

- Ayni paytda men ular haqida o‘ylamayapman. Aslida bunaqa narsalar ommaviy muhokama qlinmaydi. Ularning har ikkisi ham o‘ynashga tayyor. Bu pozitsiyada ichki raqobat fantastik darajada kuchli, - dedi Xabi Alonso.

Klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va yozda birinchi jamoaga qabul qilingan 21 yoshli Gonsalo Garsiya barcha turnirlarda olti marotaba ishtirok etdi. Ammo uning umumiy o‘ynagan vaqti 101 daqiqani tashkil qildi.

19 yoshli braziliyalik legioner Endrik jamoani Xabi Alonso boshqarayotganidan beri hali maydonga tushgani yo‘q. Bu futbolchini “Manchester Yunayted”, “Pari Sen-Jermen” va “Marsel” o‘z safiga qo‘shib olishga tayyorligini aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!