Alli futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin

  • 1 avgust, 22:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem"ning sobiq yulduzi, Angliya terma jamoasining a’zosi Dele Alli faoliyatida yana bir tushkun bosqichga kelib tushdi. Britaniya matbuoti ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli yarim himoyachi futboldan butunlay ketish haqida o‘ylab qolgan.

Tecno

Joriy yilning yanvar oyida u Italiyaning "Komo" klubiga 18 oylik shartnoma asosida qo‘shilgandi. Ammo u erda ham barchasi reja bo‘yicha ketmayapti — yangi mavsum arafasida u jamoaning yig‘in rejalariga kiritilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Alli mart oyida A Seriyadagi debyutida, "San-Siro"da "Milan"ga qarshi bahsda maydonga tushgandi. Bu uning ikki yildan keyingi ilk rasmiy o‘yini edi. Ammo u faqat 9 daqiqa o‘ynab ulgurdi — Ruben Loftus-Chikka qarshi qo‘pol o‘yini uchun VAR orqali qizil kartochka olgandi.

Dele Alli of Como warms up prior to the Serie A match between Parma and Como at Stadio Ennio Tardini on May 03, 2025 in Parma, Italy.

Bu voqea "Komo" ustozi Sesk Fabregasning g‘azabiga sabab bo‘ldi va aynan shu o‘yin angliyalik futbolchining Italiyadagi qisqa faoliyatida burilish nuqtasi bo‘ldi. U keyinroq jarohatdan sog‘ayib safga qaytgan bo‘lsa-da, Fabregas uni yangi mavsum uchun asosiy tarkib rejalariga qo‘shmagan.

Bir paytlar Evropaning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri hisoblangan Dele Allining professional faoliyati shubha ostida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!