
Aller "Fulxem"dan kelgan taklifni terma jamoa manfaati uchun rad etgan va u yakunda Afrika chempioni bo‘ldi!
Kot-d'Ivuar terma jamoasi va Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Sebastyan Aller yanvar oyi oxirida "Fulxem"dan kelgan taklifga rad javobini bergan. U Afrika Millatlar Kubogiga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yangi jamoaga ko‘chib o‘tishni istamagan.
Bugun tunda esa u terma jamoasi safida Afrika chempioni bo‘ldi. Allerning o‘zi finalda Nigeriya darvozasiga hal qiluvchi golni urdi.
Eslatib o‘tamiz, Sebastyanga 2022 yilda saraton kasalligi tashxisi qo‘yilgandi. Biroq u kasallikni engib, 2023 yil boshida yana futbolga qaytgandi.
Fikrlar