Allegri "Arsenal"ga qarshi o‘yindan keyin "Milan"ning holatiga baho berdi

  • 23 iyul, 21:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Singapurda "Arsenal"ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng (0:1) jamoa holati haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Evropaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi yaxshi sparring o‘tkazildi. Bor-yo‘g‘i 15 kun tayyorgarlik ko‘rganimizga qaramay, ko‘rganlarimdan mamnunman - o‘rganish va takomillashish uchun vaqtimiz bor. 
 
O‘yinchilarning mehnat qilishga intilishini ko‘rdim va to‘psiz harakatlanishda fidoyiligimiz oshdi. Shunga qaramay, yaxshiroq foydalanishimiz mumkin bo‘lgan bir nechta vaziyatlar ham yuz berdi. Shubhasiz, yanada rivojlanishimiz kerak, lekin bajarilgan ishdan mamnunman. 
 
O‘rtoqlik uchrashuvda bo‘lsa ham, mag‘lubiyatdan hech qachon to‘liq qoniqmayman, ammo hozir mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish muhim. Shuni e’tiborga olish kerakki, bizga Evropaning eng kuchli jamoalaridan biri raqiblik qildi. Bir soat davomida ular bilan teng o‘yin ko‘rsatdik. Bu ham katta yutuq" 
— deya ta’rif berib o‘tdi milanliklarning yangi mutaxassisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!