Alkantara: "Barselona" uchun trebl – har doim maqsad bo‘lib kelgan"

  • 22 aprel, 14:02
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kataloniya klubining sobiq yarimhimoyachisi Tyago Alkantara "Barselona"ning bu mavsumda trebl (uchta katta sovrin – La Liga, Kubok va Chempionlar ligasi) uchun kurashayotgani haqida fikr bildirdi.

"Trebl so‘zi qo‘rqinchli emas, klub bunga oldin ham erishgan. Bu dunyodagi eng katta klublar uchun doimiy maqsad bo‘lib kelgan, va "Barsa" ham shular qatorida.

Bu har bir o‘yinning asosiy shiori emas, lekin har bir mashg‘ulotda va dam olish kunida shu haqda o‘ylanadi" – ddeya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi "ko‘k-anorranglilar"ning sobiq futbolchisi

Ayni paytda "Barselona" La Liganing turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi – 32 turdan so‘ng jamoa hisobida 73 ochko bor. Kubok finalida Xans-Diter Flik shogirdlari "Real"ga qarshi maydonga tushishadi, Chempionlar ligasi yarimfinalida esa "Inter" bilan bellashishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!