Alisson Onana haqida: "Men ham vaqtida u kabi tanlov amalga oshirgandim"

  • 16 dekabr, 2023, 13:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" darvozaboni Alisson Bekker "Manchester Yunayted"dagi hamkasbi Andre Onana haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Tecno

"Onana - ajoyib darvozabon. O‘tgan mavsum uning chempionlar ligasida ko‘rsatgan o‘yinlari aqlbovar qilmas darajada fantastik. 

Men ham vaqtida u kabi tanlov amalga oshirgandim. Italiyadan Angliyaga ko‘chib o‘tgandim, katta klubga va katta summa evaziga. Bu sizning elkangizga ortilgan yuk, katta mas’uliyat. 

Jamoa o‘zgartirganda, chempionat o‘zgartirganda, moslashishga tayyor bo‘lishingiz kerak. O‘ylashimcha, u hali muvaffaqiyat qozona oladi. Hozir Andre muxlislar qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj", - dedi braziliyalik posbon. 

Ma’lumot o‘rnida, Alisson jamoasi "Liverpul" ertaga Toshkent vaqti bilan 21:30 da Onana harakat qiladigan "Manchester Yunayted" bilan kuch sinashadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!