Alisher Usmonov Italiyadan klub sotib olishi mumkin
Milliarder Alisher Usmanov Italiyaning "Kozentsa" klubini sotib olmoqchi. Bu haqda Rossiya OAV xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, advokat Oleg Patarkatsishvili allaqachon klub va Kozentsa shahar kengashiga ushbu taklif bilan xat yuborgan.
Ma’lumot uchun, "Kozentsa" Italiya B Seriyasida harakat qiladi. Ayni damda jamoa chempionatda jon saqlab qolish uchun kurashmoqda. 23 o‘yindan keyin "Kozentsa" turnir jadvalida 17-o‘rinda joylashgan.



Fikrlar